30 yoshli «Aston Villa» forvardi Olli Uotkins Turkiyaning «Fenerbahce» klubiga o'tishi mumkin.

Turkiyaning Sabah nashrining xabariga ko'ra, «Fenerbahce» Uotkins bilan shaxsiy shartlar bo'yicha kelishuvga erishdi. Agar transfer amalga oshsa, forvard uch yillik shartnoma imzolaydi va yillik maoshi to'qqiz million evro bo'ladi.

«Aston Villa» Uotkins uchun 35 million evro talab qilmoqda, ammo «Fenerbahce» narxni 25 million evrogacha tushirishni xohlaydi.

2025/26 yilgi mavsumda forvard barcha musobaqalarda 55 o'yinda qatnashib, 21 gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.

Uotkinsning «Aston Villa» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha davom etadi.