Munxenning «Bavariya» jamoasining hujumchisi Garri Keyn «Manchester Siti»ni qiziqtirmoqda.
TEAMtalk ma'lumotlariga ko'ra, ingliz klubi «Bavariya» rahbariyati bilan Keyn atrofidagi vaziyatni muhokama qilgan. «Shaharchilar» hujumchining kelajagini diqqat bilan kuzatmoqda, chunki u hali ham klub bilan yangi shartnoma imzolamagan.
Keynning hozirgi shartnomasi bo'yicha faqat bir yil qoldi, lekin «Bavariya» o'zining gol uruvchi yulduzini saqlab qolishiga ishonmoqda.
O'tgan mavsumda 32 yoshli hujumchi barcha turnirlar bo'yicha 51 o'yin o'tkazdi, 61 gol urdi va yetti golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Keynning narxi 60 million evro.




