«Marsel» qanot o'yinchisi Mayson Gritnuv «Manchester Yunayted»ga qaytmaydi. Bu haqda ishonchli manba Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «qizil iblislar» «Marsel»ga o'z tarbiyalanuvchisini qaytarish imkoniyatini faollashtirmasliklarini bildirishdi. Endi fransuz klubi «Fenerbaxche» bilan rasmiy muzokaralar olib borishni boshlaydi, u esa qanot o'yinchisini sotib olishga qiziqmoqda.

Shuni ta'kidlash joizki, transfer amalga oshsa, «Manchester Yunayted» taxminan 11,7 million evro oladi, chunki o'yinchi shartnomasida qayta sotishdan foiz olishga oid maxsus band mavjud.

2025/26 mavsumda Gritnuv barcha musobaqalarda 45 uchrashuvda qatnashib, 26 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va 11 assist qayd etdi.

Gritnuv «Fenerbaxche»ga o'tishga yaqin — tafsilotlar ma'lum