Londonning «Arsenal» klubidan qanot hujumchisi Leandro Trossar «Beshiktash»ga o'tishi mumkin.
Insayder Fabrizio Romano xabar berishicha, turk klubi yaqin kunlarda 31 yoshli futbolchi bilan shartnoma tuzishga ishonch hosil qilgan. Belgiyalik futbolchini xarid qilish «Beshiktash»ga 20 million evroga tushadi.
Jurnalist Yagiz Sabunkooglu ma'lumotlariga ko'ra, «Beshiktash» Trossarga 2029 yilgacha davom etadigan shartnoma taklif qilgan, shuningdek, uzaytirish opsiyasi ham mavjud. O'yinchi hali yakuniy roziligini bermagan — hammasi uning qaroridan bog'liq.




