Italiyalik darvozabon «Tottenxem»dan Gulielmo Vikario o'z vataniga qaytmoqchi.
Jurnalist Ekrem Konurning xabarlariga ko'ra, «Tottenxem» bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi Vikarioni uchinchi darvozabon sifatida belgilagach, futbolchi klubni tark etishga qaror qilgan. Hozirda 29 yoshli Vikario «Yuventus»ga o'tishni afzal ko'rmoqda, lekin «Napoli» bilan ham variant mavjud.
«Yuventus» darvozabonni ijaraga olib, keyinchalik sotib olishni rejalashtirmoqda. «Tottenxem» bunday variantni qoniqarli deb hisoblaydi.
O'tgan mavsumda Vikario barcha musobaqalarda 43 o'yinda qatnashdi, 65 gol o'z darvozasiga kiritildi va 13 marta darvozasi daxlsiz qoldi.




