Ataqchi yarim himoyachi «Aston Villa»dan Morgan Rodjers o'z karerasini «Arsenal»da davom ettirishi mumkin.

Insayder Ekrem Konurning ma'lumotlariga ko'ra, «Chelsi» Rodjersning o'yinidan hayratda bo'lsa-da, klub yuqori narxi sababli transferga qaror qilishi qiyin. Shu bilan birga, «Arsenal» 23 yoshli yulduzni qo'lga kiritishga jiddiy tayyorlanmoqda.

Elliot Andersonning «Nottinhem Forest»dan «Manchester Siti»ga 135 million evro evaziga o'tishi ortidan, «Aston Villa» Rodjersning narxini 150 million evro deb baholamoqda.

O'tgan mavsumda Rodjers barcha musobaqalarda 55 o'yin o'tkazib, 14 marta raqiblar darvozasini ishg'ol etdi va 12 ta golli uzatma berdi.