Norvegiya giganti Erling Holandning birinchi murabbiyi Ingve Berntsen, uning bolalik davri haqida gapirib berdi. Berntsen, o'yinchini «Bryune»da tarbiyalagan, Holandning bolalikda juda nozik bola ekanligini aytdi.
«U nozik edi, shuning uchun bu kamchilikni aql-zakovati bilan qoplashga to'g'ri keldi. Lekin men uning kuchli o'yinchi bo'lishiga ishonardim. U to'g'ri ovqatlanish va uyqu kabi jihlarga juda qiziqardi. 12 yoshida biz uning yulduzga aylanishi mumkinligini tushuna boshladik», - deya Berntsenning so'zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.
Hozirda Erling Holand «Manchester Siti»da o'ynaydi.




