Hujumchi «Kristal Pelas»dan Jan-Philipp Mateta Turkiyada karerasini davom ettirishi mumkin. A Spor portalining xabar berishicha, hujumchining xizmatlari «Fenerbahce»ga taklif qilingan.
Stambul klubi hujumchini izlashni davom ettirmoqda va hujumni kuchaytirish uchun turli variantlarni ko'rib chiqmoqda. Shu bilan birga, ustuvor nomzodlar sifatida Seru Girassi va Olli Uotkins qolmoqda.
Hozirda «Fenerbahce» Mateta uchun rasmiy transfer taklifini bermagan. O'tgan APL mavsumida 29 yoshli fransuz 32 o'yinda 12 gol urdi. Uning bozor qiymati Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra 30 million evroni tashkil etadi.




