Himoyachi «Bournemouth»dan Aleks Ximenes «Fiorentina» a'zosi bo'ladi. Bu haqda ma'lumotni insayder Fabrizio Romano taqdim etdi.
«Klublar barcha hujjatlarni imzolashdi. Ijaraning summasi va maosh «Fiorentina» tomonidan qoplangan, sotib olish opsiyasi - 20 million evro, tibbiy ko'rikdan o'tgan. Fabio GROSSO uchun yangi o'ng qanot himoyachisi», - deya izoh berdi Romano shaxsiy ijtimoiy tarmog'ida.
Eslatib o'tamiz, bir necha oy oldin Ximenes noqulay vaziyatga tushib qolgan edi. «Bournemouth» hatto futbolchini chetlatishga majbur bo'ldi.
«Vishni» Ximenesni bir yil avval «Milan»dan 18 million evro evaziga sotib oldi. O'ng himoyachi Madridning «Real» klubida tarbiyalangan.
Qiziq, avvalroq «fialkalar» APLdan bir transferni amalga oshirgan edi. Jamoaga «Tottenhem» himoyachisi qo'shildi.




