«Atalanta» va Belgiya terma jamoasining hujumchisi Sharl de Ketelare Angliya Premier Ligaga o'tishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, APLning ikki klubi 25 yoshli futbolchiga qiziqish bildirmoqda. «Atalanta» o'yinchi uchun 50 million evro miqdoridagi takliflarni ko'rib chiqishga tayyorligi aytilmoqda.

O'tgan mavsumda 25 yoshli belgiyalik barcha musobaqalarda 42 uchrashuvda qatnashdi, beshta gol urdi va yetti golli uzatmalar muallifi bo'ldi.

Shuni ta'kidlash joizki, «Atalanta»da de Ketelare ko'pincha hujumchining ortida o'ynasa, Belgiya terma jamoasida to'liq hujumchi sifatida maydonga tushadi.