Argentinalik qanot o'yinchisi «Roma»dan Matiyas Soule Angliya chempionatiga o'tishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skira ma'lumotlariga ko'ra, 23 yoshli hujumchiga ingliz «Sanderlend» qiziqmoqda. To'g'ridan-to'g'ri muzokaralar yaqin soatlarda bo'lib o'tishi kutilmoqda. Manbaga ko'ra, «Roma» o'yinchini sotishdan 35-40 million evro daromad olishni maqsad qilgan.

2025/26 yilgi mavsumda Soule barcha musobaqalarda 42 o'yinda qatnashib, 7 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma berdi.

Soule ning rimliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning iyunigacha mo'ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari argentinalikni 35 million evroga baholamoqda.