Ispan mutaxassisi Xabi Alonso, Londondagi «Chelsi»ning bosh murabbiyi lavozimini egallaganidan so'ng, jamoaning o‘rta maydonini kuchaytirish uchun Madridning «Real» futbolchisini xohlaydi. Bu haqda The Chelsea Chronicle xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, Alonso o‘zining yangi jamoasida fransuz yarim himoyachisi Eduardo Kamavingani ko‘rmoqchi. 23 yoshli yarim himoyachi «qirollik» klubi bilan 2029 yilning iyunigacha shartnoma imzolagan. Futbolchining bozor qiymati 50 million evroga baholanmoqda.

O‘tgan mavsumda Ispaniya chempionatida Kamavinga 29 o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va ikki sariq kartochka oldi.