Yarim himoyachi «Roma»dan Manu Kone Angliyada karerasini davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Datchi Bouenning ma'lumotlariga ko'ra, futbolchini sotib olish variantini «Manchester Yunayted» ko'rib chiqmoqda. Biroq, hozirda fransuz «qizil iblislar»ning asosiy transfer maqsadi emas. Shuningdek, avval futbolchiga qiziqqan «Arsenal»da yarim himoyachini o'z ichiga oluvchi kelishuv mavjud emas.

Manu Kone 2024 yilda 18 million evro evaziga menxengladbaxlik «Borussiya»dan «Roma»ga o'tdi. Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha davom etadi. 2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi Rim klubida barcha musobaqalarda 37 ta o'yin o'tkazdi, unda ikki gol urdi va uchta golli uzatma berdi.