Yarim himoyachi Andrey Santos bu yozda «Chelsi»dan ketishi mumkin.

Jurnalist Saymon Phillipsning ma'lumotlariga ko'ra, braziliyalik «Manchester Yunayted»ga o'tishga yaqin. Santosga o'rinbosar sifatida Londondagi klub «Bournemouth»ning yarim himoyachisi Aleks Skottni ko'rib chiqmoqda. Ammo hozircha «siniyalar» o'yinchi transferi bo'yicha muzokaralarga kirishmagan.

Aleks Skott 2023 yilda «Bristol»dan «Bournemouth»ga 23 million evro evaziga o'tdi. Uning shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi klub darajasida barcha musobaqalarda 39 ta o'yin o'tkazib, to'rtta gol urdi va bitta golli uzatma berdi. Transfermarkt portalida Skottning narxi 50 million evroga baholangan.