Hujumchi yarim himoyachi «Vulverxempton»dan Mateus Mane «Manchester Yunayted»ga o'tishi mumkin.
Mashhur jurnalist Ekrem Konurning ma'lum qilishicha, «qizil iblislar» 18 yoshli Mane uchun birinchi taklifni tayyorlamoqda. Shuningdek, portugalik futbolchini «Liverpul» ham kuzatmoqda.
«Vulverxempton» o'zining eng istiqbolli futbolchilaridan birini sotishni xohlamaydi va Mane'ni taxminan 41 million evro deb baholamoqda.
O'tgan mavsumda Mane barcha musobaqalarda 45 ta o'yinda ishtirok etib, sakkiz gol urdi va olti golli uzatmani amalga oshirdi.
Yarim himoyachining «bo'rilar» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o'rtalarigacha davom etadi.




