TalkSPORT jurnalisti Aleks Kruk «Chelsi» yarimhimoyachisi Enzo Fernandesning kelajagi haqida o'z fikrini bildirdi.

«Men doimo «Manchester Siti» va Enzo Mareskaga qaytaman, ayniqsa Rodri klubni tark etsa. Ularning qo'lida Elliot Anderson bor, lekin agar ularga yana bir yarimhimoyachi kerak bo'lsa va biz Fernandes bilan Mareska o'rtasidagi munosabatlarni bilsak, bu ajoyib variant bo'ladi. Hozircha klublar o'rtasida muzokaralar yo'q, lekin buni yodda tutish kerak deb o'ylayman», - dedi Kruk.

Avvalroq «Real» rasmiy ravishda bu yozda Enzo Fernandesni sotib olmaydiganini va argentinalik futbolchi uchun takliflar bermaganini ma'lum qildi.