«Brighton» qanot o'yinchisi Yankuba Minte «Liverpool»ning qiziqish markazida qolmoqda. Ushbu ma'lumotni TEAMtalk e'lon qildi.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, Merseysaydlilar 21 yoshli futbolchiga bo'lgan qiziqishlarini davom ettirmoqda, ammo uni qo'lga kiritish juda qiyin bo'ladi. «Brighton» transfer bozoridagi vaziyatni yaxshi biladi va Gambiya terma jamoasi o'yinchisi uchun katta narx belgilashni rejalashtirmoqda. Agar manbaga ishonilsa, «qaldirg'ochlar» taxminan 94 million yevro talab qilishi mumkin.

2025/26 yilgi mavsumda Minte barcha turnirlar bo'yicha 36 o'yinda qatnashdi, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.

Minte ning «Brighton» bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari o'yinchining narxini 45 million yevro deb baholamoqda.