Yarim himoyachi «RB Leypzig» va Norvegiya terma jamoasi a'zosi Antonio Nusa o'z karerasini Angliyada davom ettirishi mumkin.
TEAMtalk ma'lumotlariga ko'ra, norvegiya futbolchisini «Arsenal» va «Tottenxem» sotib olishga qiziqish bildirmoqda. Futbolchi o'zining jahon chempionatidagi o'yinlari bilan ingliz klublarining e'tiborini tortdi, u yerda to'rt o'yinda maydonga tushib, bir gol urdi va bir o'yinda eng yaxshi o'yinchi deb topildi. «Leypzig» o'z qanot o'yinchisini 50 dan 60 million evrogacha baholamoqda.
Antonio Nusa 2024 yilda «Bryugge»dan «Leypzig»ga 21 million evro evaziga o'tdi. Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi. 2025/26 mavsumida yarim himoyachi nemis klubida barcha musobaqalarda 35 o'yin o'tkazdi, bu o'yinlarda besh gol urdi va to'rt golli uzatma berdi.




