Yarim himoyachi «Chelsi» Jessi Derri Portugaliyada karerasini davom ettirishi mumkin.
Sky Sports ma'lumotlariga ko'ra, 19 yoshli futbolchi 2026/27 yilgi mavsum oxirigacha «Sporting»ga ijaraga o'tishga yaqin. Tez orada yarim himoyachi Portugaliya jamoasi uchun tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Lissabonga jo'naydi. Derri bilan shartnoma tuzish uchun ko'plab evropalik klublar qiziqish bildirdi, ammo u aynan «Sporting»ni tanladi.
Jessi Derri «Chelsi»ga «Kristal Pelas»dan noma'lum miqdordagi pul evaziga o'tdi. Uning «siniylar» bilan shartnomasi 2032 yil 30 iyungacha amal qiladi. Umuman olganda, yarim himoyachi Londonda «Chelsi» bilan barcha musobaqalarda uchta o'yin o'tkazdi va natijali harakatlar bilan ajralib turmadi.




