Londondagi «Arsenal» jamoasi yarim himoyachi Bruno Gimaraesni transfer qilish bo'yicha «Nyukasl»ga yangi taklif tayyorlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, bu transferga «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta shaxsan qiziqmoqda, ammo hammasi «Nyukasl»ning pozitsiyasiga bog'liq. Agar klub o'yinchining transferini kelishsa, shaxsiy shartnoma shartlari muammo bo'lmaydi, deyiladi.
2025/26 yilgi mavsumda Gimaraes barcha musobaqalarda 41 uchrashuvda ishtirok etib, to'qqiz marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va sakkiz golli uzatmani amalga oshirdi.
28 yoshli braziliyalikning bozor qiymati, Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, 70 million evroni tashkil etadi.




