Markaziy yarim himoyachi «Udinese»dan Artur Atta Angliya Premer-ligasida faoliyatini davom ettirishi mumkin.

Insayder Nikolo Skira xabar berishicha, fransuz futbolchisi xizmatlariga «Nyukasl» va «Aston Villa» qiziqmoqda. Manbaga ko'ra, «Udinese» o'z futbolchisini sotishdan taxminan 40 million evro daromad olishni maqsad qilmoqda.

O'tgan yozda italiyalik klub yarim himoyachini «Metz»dan atigi sakkiz million evroga sotib oldi. «Udinese» safida Atta barcha musobaqalarda 34 ta o'yin o'tkazdi, olti marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va to'rtta golli uzatma berdi.

Futbolchining «Udinese» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning o'rtalarigacha davom etadi.