20 yoshli shved yarimhimoyachisi «Tottenxem»dan Lukas Bergvall boshqa Angliya Premer-ligasiga o‘tishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, «Nottinhem Forest» markaziy yarimhimoyachini qo‘lga kiritishga qiziqmoqda. Ta'kidlanishicha, «shporlar» o‘z futbolchisini 52,7 million evro va keyingi savdodan foiz evaziga qo‘yib yuborishi mumkin.
Agar manbaga ishonilsa, Bergvall o‘zining yangi jamoasiga o‘tishga tayyor, chunki u muntazam o‘yin amaliyotini olishni xohlaydi.
O‘tgan mavsumda Bergvall barcha musobaqalarda 33 o‘yinda qatnashdi, bitta gol urdi va beshta assist muallifi bo‘ldi.




