Londonning «Arsenal» klubi 26 yoshli fransuz darvozaboni Illan Melie bilan shartnoma imzolash jarayonida. Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «kanonirlar» tez orada Melieni uchinchi darvozabon sifatida qo'shishni rejalashtirmoqda. Hozirda u erkin agent bo'lib, yozda «Lids» klubini tark etdi, u yerda olti yil davomida o'ynadi.
«Lids» safida Melie barcha musobaqalarda 215 ta o'yin o'tkazdi, 286 gol o'z darvozasiga kiritildi va 70 marta darvozasini «quruq» saqlab qoldi.
Transfermarkt portalining mutaxassislari darvozabonning qiymatini sakkiz million evroga baholamoqda.




