20 yoshli «Bournemouth» forvardi Eli Junyor Krupi Londondagi «Arsenal»ni qiziqtirmoqda. Bu haqda Daily Mail Sport xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «kanonirlar» Krupining o‘yini bilan hayratda, lekin transfer juda qimmat bo‘ladi. «Vishni» o‘zining gol uruvchi futbolchisini saqlab qolmoqchi, shuning uchun 105 million evrodan kam takliflarni ko‘rib chiqmoqchi emaslar.
Shuningdek, «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Artetaning orzu ro‘yxatida «Atletiko» forvardi Xulian Alvares ham bor, lekin u ham 100 million evrodan arzon bo‘lmaydi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yozda «Arsenal» «Sporting»dan Viktor D’yokereshni 67 million evro evaziga sotib oldi. Ammo hozircha shved «kanonirlar»ni qoniqtira olmadi.




