«Vest Xem» vingeri Krisensiyo Sammervill «Liverpul» ro'yxatida. Bu haqda CaughtOffside xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Liverpul» 24 yoshli gollandiyalik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Mersisaydliklar Sammervillni transfer qilish uchun aniq qadamlar qo'ygan, u muvaffaqiyatli jahon chempionatidan so'ng taxminan 60 million evroga baholanmoqda. «Chelsi», «Manchester Yunayted» va «Fulxem» ham Sammervillga da'vogarlik qilmoqda.

O'tgan klub mavsumida hujumchi barcha musobaqalarda 34 o'yinda ishtirok etib, 7 marta raqib darvozasini ishg'ol qildi va 5 ta golli uzatma berdi.

Sammervillning «Manchester Yunayted»ga o'tishi mumkin bo'lgan transfer summasi oshkor qilindi