Markaziy yarim himoyachi «Ayaks»dan Shon Shter o'z karerasini ingliz «Nyukasl»da davom ettiradi. Bunga insayder Fabrizio Romano xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, klublar 18 yoshli gollandiyalik futbolchini 24 million evro evaziga transfer qilishga kelishib oldilar. Bundan tashqari, shartnomada uch million evro miqdorida bonuslar ko'zda tutilgan. Yaqin orada futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Shon Shter — «Ayaks» tarbiyalanuvchisi. O'tgan mavsumda u barcha musobaqalarda 41 marta maydonga tushib, uch gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, yarim himoyachining bozor narxi yetti million evro.




