Yarim himoyachi «Kristal Pelas» Aadam Uorton «Liverpul»ga o'tishi mumkin.
Jurnalist Ekrem Konurning xabariga ko'ra, mersisaydliklar hali ham Uortonni sotib olishni xohlamoqda. Hozirda klub o'z futbolchisi Xarvi Elliotni bitimga kiritish variantini ko'rib chiqmoqda. Uortonning o'zi «Liverpul»da karerasini davom ettirishni xohlaydi, deyiladi.
Esimizda bo'lsin, o'tgan mavsum Elliot «Aston Villa»da ijarada o'tkazdi, lekin deyarli o'sha yerda o'ynamadi.
Uorton «Kristal Pelas»da 53 marta maydonga tushgan, bitta gol urgan va yetti golli uzatma bergan. Transfermarkt portalidagi mutaxassislar 22 yoshli yarim himoyachini 70 million evroga baholamoqda.




