«Liverpul» o'zining qiziqishini «Kristal Pelas» yarimhimoyachisi Adam Uorton haqida sovutdi. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, hozirda Merseysayd klubi 25 yoshli «Yuventus» yarimhimoyachisi Kefren Tyuramni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Frantsuz futbolchisi «Liverpul» uchun ustuvor maqsadga aylanishi ta'kidlanmoqda. «Yuventus» Tyuramni taxminan 50 million evroga sotishga tayyor.

2024 yilda Turin klubi Tyuramni «Nitsa»dan 20,6 million evroga sotib olgan. O'tgan mavsumda u barcha musobaqalarda 45 marta maydonga tushib, to'rt marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va besh golli uzatmani amalga oshirdi.

«Real»ga ingliz klubi yulduzi taklif qilindi