Londonning «Chelsi» 22 yoshli qanot o'yinchisi Alejandro Garnaconi qo'yib yuborishga tayyor. Buni Football London xabar bermoqda.

Shu bilan birga, «ko'klar» ijaraga berish variantlarini ko'rib chiqmoqchi emas, garchi aynan shu yo'l bilan o'yinchini qo'lga kiritmoqchi bo'lgan italiyaning «Roma» klubi mavjud. «Chelsi» faqat doimiy transferga rozi va Garnaconi sotishdan taxminan 47 million evro daromad olishni maqsad qilgan.

O'tgan yozda «Chelsi» qanot o'yinchisini «Manchester Yunayted»dan 46,2 million evro evaziga sotib olgan. London jamoasida u 43 uchrashuvda qatnashib, sakkiz gol urdi va to'rt golli uzatma berdi.