20 yoshli fransuz hujumchisi «Bornmut»dan Eli Junior Kruppi «Liverpul»da karerasini davom ettirmoqchi. Bu haqda indykaila News xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, Kruppining maqsadi sobiq bosh murabbiyi Andoni Iroaloga qo'shilishdir. Eslatib o'tamiz, joriy yozda 44 yoshli ispaniyalik mutaxassis «Bornmut» bosh murabbiyi lavozimini tark etib, «Liverpul»ni boshqarishga o'tdi.

O'tgan mavsumda Kruppi barcha musobaqalarda 35 uchrashuvda ishtirok etib, 13 ta gol urdi.

Transfermarkt nufuzli portalining mutaxassislari hujumchini 70 million evroga baholamoqda. Shuni aytish kerakki, dekabr oyida uning narxi 22 million evro edi.