Himoyachi «Kristal Pelas» va Fransiya terma jamoasining o'yinchisi Maksans Lakrua hali ham yetakchi klublarning e'tiborini tortmoqda.

RMCSport ma'lumotlariga ko'ra, futbolchini qo'lga kiritishda «Liverpul» qiziqish bildirgan. «Qizillar» fransuzni «Chelsi»dan tortib olishni rejalashtirmoqda, chunki «Chelsi» ushbu o'yinchini qo'lga kiritish bo'yicha asosiy da'vogar hisoblanadi. Lakruani «Liverpul» Ibraim Konate o'rnida ko'rmoqda, u jamoani erkin agent sifatida tark etib, «Real»ga o'tdi.

Maksans Lakrua 2024 yilda «Volfzburg»dan «Kristal Pelas»ga 18 million evro evaziga o'tdi. Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi. 2025/26 mavsumida himoyachi «qushlar» safida barcha musobaqalarda 55 o'yin o'tkazib, uch gol urdi va uch assist berdi. Transfermarkt portalida Lakruaning narxi 50 million evro deb baholangan.