Himoyachi Virgil van Deyk bu yozda «Liverpul»ni tark etmaydi.
Jurnalist James Pirsning ma'lumotlariga ko'ra, kelasi mavsumda gollandiyalik futbolchi «qizillar» safida o'ynaydi. Yangi bosh murabbiy Andoni Iraola van Deykdan umidvor. «Qizillar» bu yozda van Deyk uchun hech qanday transfer takliflarini ko'rib chiqmaydi - uning ketishi mumkin emas.
Virgil van Deyk 2018 yilda «Sautgempton»dan «Liverpul»ga 84 million evro evaziga o'tgan. Uning shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha amal qiladi. 2025/26 mavsumida himoyachi barcha musobaqalarda 55 o'yin o'tkazib, sakkiz gol urdi va uch assist berdi.




