Himoyachi «Tottenxem» Kristian Romero Italiyada karerasini davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Janluka Di Marzoning ma'lumotlariga ko'ra, agentlar argentinalik futbolchini «Yuventus» va bir qator boshqa jamoalarga taklif qilishdi. Turin klubi futbolchini transfer qilish ustida o'ylamoqda, shuningdek, futbolchining bu yozda «Tottenxem»ni tark etishi aniq ekanligi ta'kidlanmoqda.
Kristian Romero 2022 yilda «Atalanta»dan «Tottenxem»ga 53 million evro evaziga o'tdi. Uning Londondagi klub bilan shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha davom etadi. 2025/26 yilgi mavsumda himoyachi «shporlar» safida barcha musobaqalarda 32 o'yin o'tkazib, 6 gol urdi va 4 golli uzatma berdi. Transfermarkt portalida Romeronning narxi 45 million evroga baholangan.




