Markaziy yarim himoyachi Mateush Fernandesh «Vest Xem»dan «Tottenxem»ga o‘tdi. Bu haqda «shporlar»ning matbuot xizmati xabar berdi.
Shartnoma tafsilotlari oshkor etilmagan, lekin 21 yoshli portugalik yangi klubida 18-raqam ostida o‘ynaydi.
Agar mish-mishlarga ishonilsa, Fernandeshni sotib olish «Tottenxem»ga 99,5 million evroga tushgan. Bu shartnoma klub tarixidagi rekord bo‘ldi.
O‘yinchining xizmatlariga ega bo‘lish uchun poytaxt jamoasi «Manchester Yunayted», «Liverpul», «PSJ» va boshqa jamoalarni ortda qoldirdi.
Fernandesh «Vest Xem»da faqat bitta mavsum o‘tkazdi. Uning hisobida 38 o‘yinda 4 ta gol va 4 ta golli uzatma mavjud.




