Senegal forvardi Nikolas Dzekson «Bavariya»dan «Chelsi»ga qaytmoqda. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Bavariya» futbolchining Angliyaga qaytishini tasdiqladi. Myunxen klubi sotib olish opsiyasini faollashtirmaslikka qaror qildi, bu qarorni bir necha oy oldin qabul qilgan. «Bavariya» 50 million evro juda katta narx deb hisoblaydi, hatto jamoaning bosh murabbiyi Vensan Kompani hujumchidan mamnun bo'lsa ham.
«Bavariya» 25 yoshli Dzeksonni o‘tgan yil sentyabrida «Chelsi»dan ijaraga olgan edi. Germaniya chempioni tarkibida u 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va to‘rt assist berdi.




