«Chelsi»ning qanot o'yinchisi Pederu Netu bu yozda klubni o'zgartirishi mumkin.

Football365 ma'lumotlariga ko'ra, portugaliyalik futbolchini sotib olishda «Liverpool» qiziqish bildirmoqda. Yaqin kunlarda «qizillar» futbolchining mumkin bo'lgan transferi haqida so'rov yuborishni rejalashtirmoqda.

Pederu Netu 2024 yilda «Chelsi»ga «Vulverxempton»dan 60 million evro evaziga o'tdi. Uning Londondagi klub bilan shartnomasi 2031 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda qanot o'yinchisi «ko'klar» safida barcha musobaqalarda 52 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portalida Pederu Netuning narxi 60 million evroga baholanmoqda.