«Manchester Siti» darvozaboni Djeyms Traford Londondagi «Tottenxem»ga o‘tishi mumkin. Bu haqda The Independent xabar bermoqda.

Manbaning ma'lum qilishicha, «shporalar» 23 yoshli futbolchini jamoaga taklif qilishni xohlaydi. Darvozabon ko‘proq o‘yin amaliyotini olishni istaydi va Donnarumma ostida zaxirada o‘tirmoqchi emas.

O‘tgan yozda «Manchester Siti» Trafordni asosiy darvozabon sifatida sotib olgan edi, lekin keyinchalik «PSJ»dan Donnarummani olib kelgani sababli ingliz futbolchisi ikkinchi darvozabon bo‘lib qoldi.

O‘tgan mavsumda Traford barcha musobaqalarda 17 ta o‘yinda maydonga tushdi, 13 ta gol o‘tkazib yubordi va sakkiz marta darvozasi daxlsiz qoldi. Transfermarkt mutaxassislari futbolchini 25 million evroga baholamoqda.