Yarim himoyachi «Real»dan Eduardo Kamavinga Angliyada karerasini davom ettirishi mumkin.
Ignasio Sanchesning ma'lumotlariga ko'ra, fransuzni «Nyukasl» qo'lga kiritishga qiziqmoqda. «Sorokalar» futbolchiga maoshini oshirishni taklif qilmoqchi, bu esa uni Madrid klubidan ketishga undashi mumkin. «Nyukasl» rahbariyatida bu bitim amalga oshishiga ishonch bor.
Eduardo Kamavinga 2021 yilda «Ren»dan «Real»ga 31 million evro evaziga o'tdi. Uning «qaymoqli» klub bilan shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha davom etadi. 2025/26 mavsumida yarim himoyachi Madrid klubida barcha musobaqalarda 43 o'yin o'tkazib, 2 gol urdi va 1 golli uzatmani amalga oshirdi.




