Avvalgi «Manchester Yunayted» va Frantsiya terma jamoasi himoyachisi Evra Yuri Shatunovning «Seduya tuni» qo'shig'ini kuyladi va Moskva haqida sevgi izhor etdi.

O'zining so'zlariga ko'ra, bu mashhur rossiyalik ijodkorning qo'shig'i uning boshidan chiqmayapti va bu holat olti oydan beri davom etmoqda.

Evra «Manchester Yunayted» tarkibida 2007/2008 yilgi Chempionlar ligasida g'olib bo'lgan. O'sha final «Lujniki» stadionida o'tkazilgan. «MYU» penalti seriyasida Londondagi «Chelsi»ni mag'lub etdi. O'yin asosiy vaqti 1:1 hisobida tugagan bo'lsa, Evra jamoasida yagona golni Krishtianu Ronaldu urgan.

Evra shuningdek, «Yuventus» tarkibida besh marta Angliya chempioni va ikki marta Italiya chempioni bo'lgan. Frantsiyalik - 2016 yilgi Evro-ning kumush medali sohibidir.