Norvegiyalik hujumchi «Manchester Siti»dan Erling Holland Madridning «Real» klubiga o‘tishga qiziqmayapti. Bu haqda ElNacional xabar bermoqda.

Manbaning ma'lum qilishicha, Holland «Manchester Siti»dan Xosep Gvardiola ketgandan so‘ng boshqa klubga o‘tish variantini ko‘rib chiqishga tayyor. Biroq, hujumchi Kiliyan Mbappe va Viniyus Junyor o‘ynayotgan paytda «Real»ga o‘tishni rejalashtirmayotganini ta'kidlamoqda. O‘yinchi ushbu ikki yulduz bilan birga kiyinish xonasini bo‘lishishni xohlamaydi.

Xabarlarga ko‘ra, Hollandning «shahar» bilan tuzgan shartnomasida 175 million evro miqdorida tovon puli ko‘rsatilgan.

2025/26 yilgi mavsumda Holland barcha musobaqalarda 52 o‘yinda maydonga tushib, 38 gol urdi va to‘qqizta golli uzatma berdi.