«Vest Xem»ning qanot hujumchilari Jarrod Bowen va Krisensio Sammervill «Chelsi»ning kuzatuv ro'yxatida. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.
«Chelsi»ning bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoaning hujum qudratini oshirishni xohlaydi va «moltoboychilar»ning ikkita o'yinchisi ispan mutaxassisining e'tiborini tortdi. «Ko'klar» bir vaqtning o'zida ikkita futbolchini sotib olishlari mumkin.
O'tgan mavsumda 24 yoshli Sammervill barcha musobaqalarda 34 uchrashuvda ishtirok etib, yetti marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va beshta golli uzatma berdi.
29 yoshli Bowen esa barcha musobaqalarda 42 marotaba maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 12 ta golli uzatma amalga oshirdi.




