Italiyalik murabbiy Enzo Mareska «Manchester Siti»ni boshqarishga tayinlandi. Bu haqda ingliz klubining rasmiy saytida ma'lum qilindi.

46 yoshli mutaxassis 2025/2026-yilgi Angliya Premer-ligasining kumush medali sohiblari bilan uch yillik mehnat shartnomasini imzoladi.

2024-yildan beri Mareska Londondagi «Chelsi»ni boshqarib kelayotgan edi, u o‘tgan mavsumda Angliya chempionatida 10-o‘rinni egalladi. Shundan oldin italiyalik «Lester» va «Parma» klubida bosh murabbiy bo‘lib ishlagan, shuningdek «Manchester Siti», «Aston Villa» va «Sevilya»da assistent sifatida faoliyat yuritgan.

Yana eslatib o‘tamiz, yangi APL mavsumi 21-avgustda boshlanadi.