Angliyalik hujumchi Markus Rashford «Manchester Yunayted»da qolmaydi. Bu ma'lumotni jurnalist Ekrem Konur e'lon qildi.

Agar manbaga ishonilsa, «Barselona» 28 yoshli futbolchini ijaraning tugashidan so'ng sotib olishni rejalashtirmayapti. O'yinchining «qizil iblislar» bilan yana ikki yillik shartnomasi bor, lekin APLning buyuk klubi unga yangi jamoa izlamoqda. Rashfordning shartnomasida 40 million evro evaziga sotib olish opsiyasi mavjudligi aytilmoqda.

Rashford — «Manchester Yunayted»ning tarbiyalanuvchisi. U asosiy jamoa safida 426 o'yin o'ynab, 138 gol urdi va 79 golli pas berdi.

2025/26 yilgi mavsumda hujumchi «Barselona» uchun 49 uchrashuvda maydonga tushib, 14 marta raqib darvozasini ishg'ol qildi va 14 assist berdi.