22 yoshli yarim himoyachi «Brighton»dan Karlos Baleba «Manchester Yunayted»da karerasini davom ettirishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «qizil iblislar» Kamerunlik futbolchiga yana e'tibor qaratishi mumkin, agar Manuel Ugarte bu yozda «Old Trafford»ni tark etsa. «Manchester Yunayted» «Brighton» yarim himoyachisini yuqori baholamoqda, ammo «qushlar» undan katta summa — taxminan 93 million evro talab qilmoqda.
O'tgan mavsumda Baleba barcha musobaqalarda 35 marta maydonga tushdi, lekin natijali harakatlar bilan ajralib turmadi.
Yarim himoyachining «Brighton» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.




