Italiyaning «Milan» klubi senegalik forvard «Chelsi»dan Nikolash Jeksonni sotib olish niyatida. Bu haqda Corriere dello Sport gazetasi xabar berdi.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Chelsi» 25 yoshli forvardni 60 million evro taklif qilinsa, sotishga tayyor. Hozirda «Milan» «ko'klar» rahbariyati bilan aloqada bo'lib, transferni boshqa shartlar asosida amalga oshirish imkoniyatini o'rganmoqda.
O'tgan mavsum Jekson Myunxenning «Bavariya» klubida ijarada o'tkazdi. Nemis gigantida u 34 uchrashuvda 11 gol urdi va to'rt assist berdi.
Jeksonning bozor narxi, Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, 40 million evroni tashkil etadi.




