Avvalgi «Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp, futbolchi Konrad Laymer «RB Leypsig»da o'ynagan paytida ingliz klubiga qo'shmoqchi bo'lganini ma'lum qildi.

«Laymer haqida aytadigan bo'lsam, men uni markaziy yarimhimoyachi sifatida ishlatmoqchi edim. Men uni «Liverpul»ga olib kelmoqchi edim, u «olti» pozitsiyasida o'ynashi uchun. Lekin keyin u «Bavariya»ga o'tdi», - deydi Klopp MagentaTVga bergan intervyusida.

Esimizda bo'lsin, Konrad Laymer 2023 yilda erkin agent sifatida «Bavariya»ga o'tdi. 2025/26 yilgi mavsumda avstriyalik futbolchi Myunxen klubida barcha musobaqalarda 47 ta o'yin o'tkazdi, ularda uchta gol urdi va 13 ta golli uzatmalar berdi.