Vinger Savio bu yozda «Manchester Siti»ni tark etishi mumkin.

RTI Esporte ma'lumotlariga ko'ra, braziliyalik futbolchini «Arsenal» sotib olishga qiziqmoqda. Londondagi klub allaqachon futbolchi bilan aloqaga chiqdi, «shaharchilar» esa bu yozda o'yinchini sotishga tayyor. Yaqin kunlarda Angliya chempionlari Savio uchun transfer taklifi berishi mumkin.

Savio 2024 yilda «Trua»dan «Manchester Siti»ga 25 million evro evaziga o'tdi. Uning shartnomasi 2031 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda braziliyalik «shaharchilar» safida barcha turnirlarda 36 o'yin o'tkazib, to'rtta gol urdi va uchta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali Savioning narxini 35 million evro deb baholamoqda.