20 yoshli shved yarim himoyachisi «Tottenhem»dan Lukas Bergvall «Aston Villa»da faoliyatini davom ettirishi mumkin. Ushbu ma'lumotni TEAMtalk tarqatmoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, birminhamlik klub «shporlar» bilan yarim himoyachi transferi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. «Aston Villa» Bergvallga qiziqayotgan ko‘plab klublardan biri, deyiladi.
Bergvall o‘zining «Tottenhem»dan ketishi haqida o‘yda, ammo Premier-ligadagi boshqa klubga o‘tish uning ustuvor vazifasi emas.
Bergvall o‘tgan mavsumda «Tottenhem» safida 33 ta o‘yinda maydonga tushgan. Ushbu davrda u bitta gol urib, beshta golli uzatma bergan.




