Belgiya yarimhimoyachisi «Seltiq» Arne Engels yozgi transfer oynasida klub o'zgartirishi mumkin.

Football Insider ma'lumotlariga ko'ra, «Seltiq» Engelsni sotishga tayyor, garchi yanvarda «Nottinhem Forest»dan 29 million evro taklifini rad etgan. Avvalroq Shotlandiya chempionlari yarimhimoyachini qo'ldan bermaslikka qaror qilgan edi, lekin endi munosib taklif bo'lsa, uni qo'yib yuborishga tayyorlar.

Engelsga «Kristal Pelas», Dortmundning «Borussiya»si va yana «Nottinhem Forest» qiziqish bildirmoqda.

O'tgan mavsumda yarimhimoyachi barcha musobaqalarda 46 uchrashuvda qatnashib, yetti gol urdi va sakkiz assist berdi.

Transfermarkt mutaxassislari Engelsni 20 million evroga baholamoqda.

Ikki APL klubi 22 yoshli belgiya yulduziga qiziqmoqda