Flank hujumchisi «Pari Sen-Jermen» Bradli Barkola Londondagi «Arsenal»ga o'tishi mumkin.

Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, «kanonirlar» Frantsiya chempioniga Barkola transferi bo'yicha taklif tayyorlamoqda. Manbaga ko'ra, inglizlar 80 million yevro miqdorida taklif yuborishadi.

23 yoshli fransuzga «Liverpul», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted», «Chelsi», «Bavariya» va «Barselona» ham qiziqish bildirmoqda.

2025/26 yilgi mavsumda Barkola barcha musobaqalarda 49 marta maydonga tushib, 13 marta raqib darvozasi maqsadiga yetdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.